Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh harbiylari Suriyadan chiqib keta boshladi

AQSh harbiylari Suriyadan chiqib keta boshladi

Foto: «Sabah»

AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya shimoli-g‘arbiga qilingan barcha yordamlar to‘xtalishini ma’lum qilgani oshkor bo‘ldi. Buni OAV vakillari «AQSh harbiylari Suriyadan chiqib keta boshladi» deya sharhladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

AQShning «CBS» telekanali xabariga ko‘ra Tramp hukumatining bu qarori Suriyaning shimoli-g‘arbidagi boshqa kuchlar (Yevropa davlatlari)ning ham chekinishini anglatadi.

Turkiya qurolli kuchlari Afrinni terrorchi guruhlardan tozalagan, navbat Idlibga keldi.

Ayni paytda AQSh harbiylari Idlibdan chiqib ketgani aytilmoqda.

Terrorchi guruhlardan tozalangan Raqqaga o‘z egalari — mahalliy aholi qaytib kelayapti. Ular Furot daryosini kechib o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Chunki ko‘priklar buzib tashlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring