Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh harbiy havo kuchlari Suriyadagi IShIDga zarba bera boshladi

AQSh harbiy  havo kuchlari Suriyadagi IShIDga zarba bera boshladi

Foto:«RIA Novosti»

AQShning «Garri Trumen» xarbiy havo kemasi boshchiligidagi xarbiy havo kuchlari Suriyadagi IShID pozitsiyalariga zarba bera boshladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Ushbu operatsiyalar zarba beruvchi havo guruhlarining imkoniyatlarini ko‘rsatadi»,-deydi flot komandiri, kontr-admiral Jin Blek.

Uning ta’kidlashicha, harbiy parvozlar  «Qat’iylik» operatsiyasi doirasida IShIDni va u jahon hamjamiyatiga keltirayotgan xavfni yo‘q qilishni maqsad qilgan.

Operatsiya 3-may kuni boshlanib, zarbalar O‘rtayer dengizining sharqiy qismidan amalga oshirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan haftada AQSh boshchiligida Suriyaga 27ta havo hujumi uyushtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring