Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hukumati deport qilgan o‘zbekistonliklar Vatanga yetib keldi

AQSh hukumati deport qilgan o‘zbekistonliklar Vatanga yetib keldi

AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari 24-fevral kuni Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keldi.

Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burhanov ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar tarqalgan edi. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berishni so‘rab murojaat qilgani va bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgani haqida xabar berilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas