Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakada elektrokar ishlab chiqariladi

Asakada elektrokar ishlab chiqariladi

Foto: «3dnews.ru»

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov Asaka tumanida tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda viloyatda 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi belgilangan, lekin banklar tomonidan moliyalashtirilishi kechiktirilayotgan 31 ta investitsiya loyihasi muhokama qilindi. Loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan, xususan, kredit ajratish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi, deb xabar bermoqdi «O‘zA».

Yer maydonlari va bo‘sh turgan bino-inshootlarni belgilangan tartibda ajratish, kreditlar berilishi, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq qator muammolar ko‘tarildi. Ularning ayrimlari joyida hal etildi. Bundan tashqari, 14 tadbirkorning yer so‘rab qilgan murojaati qanoatlantirilib, shu yerning o‘zida yer ajratish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, viloyat hokimi meva-sabzavotni qayta ishlash, to‘qimachilik mahsulotlari va elektrokar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Rossiya, Janubiy Koreya va turkiyalik investorlar bilan ham muloqot o‘tkazdi.

«Rooper teikom Co. Ltd» kompaniyasi direktori Sung In Songning ma’lum qilishicha, umumiy qiymati 2 million AQSh dollari bo‘lgan loyiha doirasida kelgusi yil oxiriga qadar Asakada elektrokar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring