Avvalgi «qora kursi»dan saboq olmagan ekan

2018-yil 15-yanvar soat 13:30da o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Olmaliq shahrida joylashgan «Traktor» nomli kafening orqa tomonida gumonlanib tekshirilgan shaxsning qo‘lidagi polietilen sumkasidan (o‘zining iste’moli uchun saqlagan) vazni 1872,4 gr. «marixuana» giyohvand moddasi topilgan.
Ushbu shaxs Olmaliq shahrida yashovchi, muqaddam jinoyat kodeksining 169-, 276-moddalari bilan sudlangan, profilaktik hisobda turuvchi, 1977-yilda tug‘ilgan E.A. bo‘lib, unga nisbatan tuman ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi, 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter