Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm etildi
Suriya sudi sobiq prezident Bashar Asadni o‘limga hukm qildi, deb xabar beradi SANA.
U 2024-yil dekabr oyida ag‘darilgan va Rossiyaga qochib ketgan va u yerda boshpana olgandi. O‘shandan buyon Asad OAV va jamoatchilikdan panada bo‘lib kelmoqda.
Hozircha hukmning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bashar Asad oilasi bilan Moskvadagi hashamatli uyda istiqomat qiladi. Bu orada Rossiya rahbari Vladimir Putin va amaldagi Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa bir necha bor uchrashuv o‘tkazdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter