Bayden g‘alabaga yaqin, Tramp ovozlarni qayta hisoblatmoqchi

AQShda prezidentlik saylovlari ovozini hisoblash ishlari yakunlanib qoldi.
Jorjiya saylov byulletenlarining 98 foizi hisoblab chiqilgan. Tramp 49,7 foiz ovoz, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden esa 49,1 foiz ovoz oldi.
AQSh prezidenti Donald Trampning saylov shtab-kvartirasi, agar respublikachi bu shtatda yutqazsa, Jorjiyada qayta hisoblashni talab qilishga tayyor. Bu haqda chorshanba kuni «CNN» manbalariga asoslanib xabar berdi.
Jorjiyada ovozlarni qayta ishlash natijalariga e’tiroz bildirish mumkin, agar olingan ovozlar nomzodlari orasidagi farq 1 foizgacha bo‘lsa, AQSh qonunlariga binoan ovozlar qayta hisoblab chiqiladi. Tramp ma’muriyati bu imkoniyatdan foydalanadi.
«Fox News»ning so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, demokratlarda tezlikda ovozlar sonini o‘sib ketgan. Ilgari respublikachilar muhim ustunlikka ega edi.
Jorjiyadagi g‘alaba nomzodga prezident bo‘lish uchun zarur bo‘lgan 270 ovozdan 16 tasida ovoz beradi. «Fox News» telekanaliga ko‘ra Tramp 214, Bayden 264 saylovchining qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Hozircha Shimoliy Karolina, Jorjiya, Nevada, Pensilvaniya va Alyaskadagi ovozlar rasman hisoblanmagan. Bayden Nevadada g‘alaba qozonsa, AQShning 46-prezidentiga aylanishi mumkin.
Trampning shtab-kvartirasi avvalroq Pensilvaniya va Michigan shtatlarida saylov byulletenlarini qayta hisoblashni talab qilib sudga murojaat qilgan. Bundan tashqari, respublikachilar vakillari Viskonsinda qayta hisoblashni talab qilishlarini aytishdi.
Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarni kuzatish va ovozlarni hisoblash bilan shug‘ullanayotgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotda 44 amerikalikka saylovlar bilan bog‘liq 400 dan ortiq da’vo arizalari kiritilganligini ta’kidladi. Bu AQShda misli ko‘rilmagan darajadagi norozilikdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter