Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden ikkinchi muddatga ham qolmoqchi — OAV

Bayden ikkinchi muddatga ham qolmoqchi — OAV

Foto: «Imag.one»

AQSh prezidenti Jo Bayden lavozimiga kirishganidan beri mamlakat bo‘ylab ikkinchi ishchi tashrifni amalga oshirdi. U Michigan shtatidagi koronavirusga qarshi vaksina chiqaruvchi  «Pfizer» kompaniyasi zavodida bo‘ldi.

Baydenning chorshanba kungi tashrifi Viskonsinga belgilangan.

Prezident Baydenning tashrif yo‘nalishlari, ekspertlarga ko‘ra, shunchaki tasodif emas: aynan shu ikki shtat demokratlar nomzodi Trampdan o‘zib, g‘alaba qozonishini ta’minlagan. O‘z-o‘zidan 2024-yildagi saylovlar chog‘i u nomzodini qo‘ygan taqdirda hal qiluvchi shtatlar qo‘llab-quvvatlovini oldindan kafolatlab qo‘ymoqchi, degan fikr tug‘iladi.

Biroq Oq uydagilar Michigan va Viskonsinga tashriflarning  bo‘lajak prezidentlik saylovlariga umuman daxli yo‘qligini ta’kidlashdi. Bu shtatlarda ishsizlik darajasi yuqori, Senat va gubernatorlik uchun saylovlarga oz qoldi. Baydenning tashriflaridan ko‘zlangan maqsadlar butunlay boshqa.

Aslida ko‘pchilikning fikricha, 78 yoshli Bayden 4 yillik bir muddatni o‘tab bersa ham katta gap. Axir u davlat rahbarligiga saylangan eng keksa siyosatchi sifatida AQSh tarixiga kirdi.

Shunga qaramasdan, Baydenning nomlari sir qolishini so‘ragan ba’zi yaqin yordamchilari u keyingi muddatga ham nomzodini qo‘ymoqchiligini «Foxnews»ga ma’lum qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring