Beeline Uzbekistan UPiDEA natijalarini e’lon qildi: eng yaxshi innovatsion loyihalar mukofotlandi

Beeline Uzbekistan innovatsion g‘oyalar tanlovi – UPiDEA g‘oliblarini e’lon qildi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab yuborilgan 100 dan ortiq arizalar orasidan 7 ta eng yaxshi jamoa short-listga kiritildi. Respublika OTMlari talaba va magistrantlari Apple MacBook Pro, MacBook Air va iPad Pro kabi qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘lishdi.
Yoshlar o‘rtasida biznes g‘oyalari va loyihalar tanloviga 100 dan ortiq ishtirokchi ariza topshirdi. Jamoalar EdTech, sport, sayyohlik, fintex, ekologiya va raqamli xizmatlar kabi sohalarda innovatsion yechimlarni ishlab chiqib, taklif etishdi. Finalchilarni Beeline Uzbekistan mutaxassislari aniqladi. Loyihalar esa quyidagi mezonlarga javob berishi lozim edi: g‘oyaning yangiligi, amaliy jihatdan amalga oshirilishi, tijorat imkoniyatlari, mijozlar va jamiyatga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’siri, shuningdek, taqdimotning sifati.
«O‘zbekistonda startap madaniyatini rivojlantirish Beeline Uzbekistan uchun strategik muhim yo‘nalishdir. UPiDEA tanlovi biz uchun yoshlarimizning ajoyib salohiyati va iste’dodini ko‘rish uchun noyob imkoniyat bo‘ldi. Ishonchimiz komilki, bunday tashabbuslar O‘zbekistonning innovatsion ekotizimini rivojlantirish va raqamli transformatsiyasiga hissa qo‘shadi», — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.
Short-listga quyidagi jamoalar kiritildi:
- SARGUZ — aqlli turizm platformasi;
- Stadion.uz — stadionlarni onlayn bron qilish;
- RenderNet — 3D rendering uchun markazlashtirilmagan bulut platformasi;
- Tokcha — o‘zbek tilidagi kitoblar, podkastlar va audio kontent uchun obuna platformasi;
- BeeJob — yaqin atrofdagi qisqa muddatli ishl topish uchun ilova;
- Zina — texnologiyalar va tikuvchilik sohasidagi ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun raqamli platforma;
- DoctorLive — shifokorlarni topish, onlayn maslahatlar va farm xizmatlar uchun telemeditsina platformasi.
Kompaniya top-menejmenti va O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimovdan iborat hakamlar hay’atiga jamoalar o‘z loyihalarini taqdim etgan yakuniy taqdimot natijalariga ko‘ra, uch nafar g‘olib aniqlandi:
- 1-o‘rinni Stadion.uz loyihasi bilan Abbos Ergashev egalladi;
- 2-o‘rin Tokcha loyihasi asoschisi Ismoilov Mirodilga nasib etdi;
- 3-o‘rin BeeJob loyihasi muallifi Roman Luninga topshirildi.
Tanlov finali va taqdirlash marosimi School 21 kampusida bo‘lib o‘tdi. Finalchilar Beeline Uzbekistan tomonidan qimmatbaho sovrinlar — Apple MacBook Pro, MacBook Air va iPad Pro noutbuklariga ega bo‘lishdi.
«Beeline Uzbekistan’ga ushbu ajoyib tanlov va yurtimiz yoshlarining qanchalik iste’dodli hamda shijoatli ekanini ko‘rish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiraman. UPiDEA tanlovi loyihalari O‘zbekistonda jasur, ijodkor va qat’iyatli insonlarning yangi avlodi o‘sib kelayotganining isbotidir. Ularga maslahatim — o‘zlariga ishonib, qiyinchiliklarga qaramay, g‘oyalari ustida ishlashni davom ettirsinlar», — deya izoh berdi O‘zbekiston IT Hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov.
«Men Hambi ilovasida loyiha haqida bilib oldim, keyin shartlarni ko‘rib chiqdim va futbol maydonchalarini qidirish loyiham bilan ariza topshirdim. Ushbu tanlovda birinchi o‘rinni olishni kutmagan edim, hali ham katta taassurotdaman. UPiDEA — haqiqatan ham adolatli tanlov. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun barchaga kompaniya yangiliklarini kuzatib borishni maslahat bermoqchiman», — dedi birinchi o‘rin sohibi Abbos Ergashev.
Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter