Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kechada 79 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 6000dan oshib ketdi

Bir kechada 79 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 6000dan oshib ketdi

2020-yil 20-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6025 (+79) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1733 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring