Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yarim yilda ikki baravar ozish mumkinmi? Talaba buning uddasidan chiqdi

Bir yarim yilda ikki baravar ozish mumkinmi? Talaba buning uddasidan chiqdi

Foto: «dailymail.co.uk»

Yangi Zelandiyaning Uorkuert shahrida yashovchi talaba 190 kilogramm bo‘lgan. U bir yarim yilda vaznining yarmidan qutuldi. Yigit o‘simlikli parhezga o‘tirib, haftasiga 6 kun sport bilan shug‘ullandi, deya xabar berdi «Daily Mail» nashri.

23 yoshli talaba Jak Robinson bolaligidan yirik jussali bo‘lgan. Biroq maktabni bitirgach vaznini nazorat qilmay qo‘ygan va bir yil deganda 160 kilogacha semirib ketgan.

2016-yil 8-aprel kuni 19 yoshli Robinson tungi smenaga ketayotganda yo‘l chetida hushidan ketgan. Shundan so‘ng u to‘shakka mixlanib, chidab bo‘lmas og‘riqlarga giriftor bo‘lgan. Kuniga o‘n martalab hushidan ketardi. Migrenning oldini olish uchun har kuni 30 xil dori ichishga majbur bo‘lgan. Robinson tinchlanish maqsadida pitssa, shokolad, go‘shtli va pishloqli piroglarni paqqos tushirardi. Oqibatda vazni 190 kilogrammga yetgan. Shundan keyin unda o‘z joniga qasd qilish fikrlari paydo bo‘la boshlagan.

Bir kuni ertalab tarozi xato ko‘rsatib, Robinsonning vazni haddan tashqari og‘ir chiqqan. Shundan so‘ng u hayot tarzini keskin o‘zgartirishga va ozishga qaror qilgan.

Robinson parhez tuta boshladi. Taomnomasini meva-sabzavotlar egalladi. Sekin-asta u sport bilan shug‘ullanishga kirishdi: dastlab kuniga bir soatdan piyoda yurdi, keyin esa sportzalga yozilib, murabbiy yolladi. Natijada u 96 kilogrammgacha ozdi.

Hozir Robinson boshqalarni ham ilhomlantirish maqsadida fitnes-murabbiylikka o‘qimoqda. Uning fikricha, modomiki u ozishga muvaffaq bo‘lgan ekan, boshqalar ham albatta uddasidan chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring