«Bishkek-Toshkent» avtobus qatnovi qayta tiklandi

Joriy yilning 24-yanvar kuni to‘xtatilgan, Qozog‘iston orqali o‘tadigan «Bishkek-Toshkent» avtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi xabarida ma’lum qilingan.
Uch tomonlama kelishuvlar asosida tayyorlangan harakat jadvali 4-fevral kuni Qozog‘iston Infratuzilmalar va taraqqiyot vazirligining transport qo‘mitasi tomonidan imzolangan.
Yangi tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, «Bishkek-Toshkent» avtobus yo‘nalishidagi transportlar Bishkek avtovokzalidan soat 9:00, 16:50 i 23:30dan jo‘nashni boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter