Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Bosh kotibi zudlik bilan G‘azodagi xunrezliklarni to‘xtatishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi zudlik bilan G‘azodagi xunrezliklarni to‘xtatishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo sektori va Isroilda jangovar harakatlarni to‘xtatishga va vaziyatni zudlik bilan barqarorlashtirishga chaqirdi.

«Ramazon hayiti bayrami hurmati sabab G‘azo va Isroilda zo‘ravonlikni to‘xtatish va jangovar harakatlarni bas qilishga chaqiraman. Juda ko‘p begunoh tinch aholi halok bo‘ldi. Bu mojaro butun mintaqada zo‘ravonliklarni kuchaytirishi mumkin», - deya yozdi u o‘zining Twitterdagi sahifasida.

Juma kuni kechqurun Isroil armiyasining matbuot xizmati harbiy havo kuchlari va quruqlikdagi kuchlar G‘azo sektoriga hujum qilayotgani haqida xabar berdi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi operatsiya davom etishini aytgan. 

Isroil va Falastinning G‘azo sektori o‘rtasidagi vaziyat dushanba kuni kechqurun keskinlashdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda olti nafar tinch aholi va bitta isroillik askar halok bo‘lgan, G‘azoda Isroil hujumlari sabab 103 falastinlik halok bo‘lgan.

G‘azo sektoridan Isroil hududiga 1750 ga yaqin raketa otilgan, ulardan 300 ga yaqini Falastin anklavida portlagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring