Bosh prokuratura koronavirus bilan bog‘liq holat yuzasidan bayonot berdi

Dunyo hamjamiyatida koronavirus kasalligi bo‘yicha vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamizda ham ba’zi karantin va cheklov tabdirlari o‘tkazilmoqda, deyiladi bayonotda.
Bayonotda karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik o‘chog‘iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlik haqidagi ma’lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya’ni 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo‘yicha — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter