Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir O‘zbekistonda nemis iqtisodiy zonasi tuzishni taklif etdi

Bosh vazir O‘zbekistonda nemis iqtisodiy zonasi tuzishni taklif etdi

Foto:«UzDaily.uz»

Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining to‘rtinchi majlisida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Germaniya kompaniyalariga Toshkentda maxsus sanoat zonasi tashkil etishni taklif qilgan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Toshkentda maxsus nemis sanoat zonasi tashkil etishni taklif qilamiz. Biz bu zonani boshqarishni nemis kompaniyalaridan biriga topshirishga tayyormiz», — deya ta’kidlagan hukumat rahbari. Sanoat zonasi sobiq «Algoritm» zavodi negizida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bosh vazir shuningdek O‘zbekiston hududlarda 14 ta erkin iqtisodiy zona doirasida nemis kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini, bu yerlarda investorlar uzoq muddatga soliq va boj to‘lovidan ozod etilishini bildirdi.

Bundan tashqari, germaniyalik hamkorlarga Toshkentda nemis kompaniyalari manfaatini himoya qiluvchi O‘zbekiston-Germaniya tashqi savdo palatasini tuzish taklif qilingan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring