Braziliya matbuoti: sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ishonch yo‘q

Braziliyada bir kecha-kunduzda 15 645 kishida koronavirus aniqlandi, 679 kishi vafot etdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
Bir kun oldin 685 427 kishida kasallik qayd etilgani ma’lum qilingandi. Shunga ko‘ra COVID-19 ga chalinganlar soni 701 081 kishidan oshdi, jami 37 991 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi «RIA Novosti».
Braziliyaning eng yirik ommaviy axborot vositalari koronavirus bo‘yicha o‘zlarining statistikasini olib bormoqda. Ularning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari ishonchli emas. OAV hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda bir kecha-kunduzda 19 631 kishida kasallik qayd etilgan bo‘lib, 849 kishi vafot etgan.
JSST va Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha AQSh va Buyuk Britaniyadan so‘ng uchinchi o‘rinda, kasallikni yuqtirganlar soni bo‘yicha faqat AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter