Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Breksit» va koronavirus: 31-yanvar kuni Britaniyada ham kasallik aniqlandi

«Breksit» va koronavirus: 31-yanvar kuni Britaniyada ham kasallik aniqlandi

Foto: «YouTube»

Bugun Buyuk Britaniya tarixidagi muhim siyosiy jarayon amalga oshmoqda — «Breksit». Ammo xuddi shu bugun Qo‘shma Qirollik sog‘liqni saqlash milliy vazirligi muhimlik borasida bundan qolishmaydigan ma’lumotni ochiqladi: Xitoydan tarqagan koronavirus mamlakatdagi ikki kishida aniqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Kasallanganlar — bir oila a’zolari.

Hukumat kasallanganlar haqida tafsilotlarni va ularga qayerda yordam ko‘rsatilayotgani haqida xabar bermagan.

«Sog‘liqni saqlash milliy tizimi bunga juda yaxshi tayyorlangan va yuqumli kasalliklarga qarshi kurasha oladi», — dedi Angliya tibbiyot xizmati rahbari Kris Uitti. — Hozir infeksiya yanada tarqab ketishining oldini olish uchun bemorlar kimlar bilan aloqada bo‘lganini aniqlayapmiz».

Eslatib o‘tamiz, koronavirus oqibatida kamida 213 kishi vafot etdi — aksariyati Xitoyning Xubey provinsiyasiliklar; Xitoyda jami bu kasalga yo‘liqqanlar soni 10 ming nafarga yaqinlashdi. Yana 18 mamlakatda kasallikni yuqtirish bo‘yicha 89 ta holat aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring