Britaniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i YTHga uchradi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i YTHga uchradi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 97 yoshli Edinburg gersogi — shahzoda Filip boshqarib ketayotgan «Land Rover» ishrokida yuz berdi. Uning mashinasi «Kia» rusumli mashina bilan to‘qnashib ketdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, gersogning avtomashinasi to‘qnashuv oqibatida ag‘darilib ketgan. Yordamga yetib kelgan kishilar shahzoda Filipni mashinadan chiqarib olishgan. Uning hushi joyida, ammo kutilmagan hodisadan qattiq ta’sirlangani aytilmoqda.
«Kia»dagi ikki nafar ayolga esa tibbiyot xodimlari ko‘mak ko‘rsatishdi. Ularga shu zahotiyoq uylariga javob berib yuborildi.
Norfolk politsiyasi har ikki mashina haydovchilarini alkogol tekshiruvidan o‘tkazdi... Hech kim ichmagan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter