Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu safar aholi orasida koronavirus yuqtirish qayd etilmadi

Bu safar aholi orasida koronavirus yuqtirish qayd etilmadi

2020-yil 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6358 (+43) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1962 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 3 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring