Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Ashuro kuni

Bugun Ashuro kuni

Muharram oyining 10-kuni (Ashuro kuni) O‘zbekistonda milodiy hisob bo‘yicha bu yil 19 avgust, payshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati ma’lum qildi.

Manbalarda keltirilishicha:

  • Kim Ashuro kuni ahli va farzandlariga (taom va hadyalarni tortiq etishda) kengchilik qilsa, Alloh ham yilning boshqa kunlarida unga (rizqida) kengchilik qilib qo‘yadi.
  • Kim Muharram oyining o‘ninchi kunida ro‘za tutsa, Alloh taolo unga o‘n mingta farishtaning savobini beradi. Kim Muharram oyining o‘ninchi kunida ro‘za tutsa, unga o‘n mingta hoji va umra qilgan kishining hamda o‘n ming shahidning savobi beriladi.
  • Kim Ashuro kunida bitta yetimning boshini silasa, Alloh taolo har bir soch tolasi barobarida uning darajasini ko‘taradi.
  • Kim Ashuro kechasi bitta mo‘minga iftor qilib bersa, go‘yo Muhammad(s.a.v.)ning barcha ummatlariga iftorlik qilib bergan va ularning qorinlarini to‘yg‘azganlik savobiga erishadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring