Bugun havo keskin soviydi

Bugun, 19-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda esa qor tushadi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, janubda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +11+16 bo‘ladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +11+13 bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +3+8 iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter