Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab beqaror ob-havo kuzatiladi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab beqaror ob-havo kuzatiladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring