Bugun sog‘ayganlar soni ko‘paydi

2020-yil 12-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 850 (+129) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 107 nafari Toshkent viloyatida hamda 22 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli A.Sh. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 85 yoshli A.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 275 nafar, Toshkent viloyatida 156 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 43 511 (+488) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 953 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter