Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yilda chet el fuqarolari tomonidan nechta jinoyat sodir etildi?

O‘tgan yilda chet el fuqarolari tomonidan nechta jinoyat sodir etildi?

Foto: «Washington Post»

«Yurtimizda jinoyatlar chet el fuqarolari tomonidan ham sodir etiladimi?», degan savolga O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh.I.Norgitov javob berdi:

— 2017-yilning 11 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan 240 ta jinoyat qayd etilgan.

Shuningdek, Sh.I.Norgitovning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekistonda jinoyatchilikning barcha turlari bo‘yicha ijobiy dinamika (o‘zgarish) kuzatilmoqda. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘g‘irliklar soni 4,3 foizga, firibgarlik holatlari esa 1,2 foizga kamaydi. Ushbu jinoyatlar ma’lumotlarining umumiy ko‘rsatkichi kamaygan bo‘lsa-da, ularning miqdori sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soniga nisbatan hali ham yetarlicha katta bo‘lib qolmoqda. Ya’ni 2017-yilning o‘tgan 11 oylik davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soniga nisbatan o‘g‘irlik miqdori 17,5 foiz, firibgarlik esa 13,1 foizni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring