Chilonzorda ayanchli YTH sodir bo‘ldi (foto)

Bugun, 7 oktyabr kuni soat 21:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.O. «Lasetti» rusumli transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi 21 yoshli O.O. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter