Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq aholisi shartli evakuatsiya qilindi

Chirchiq aholisi shartli evakuatsiya qilindi

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi «Maksam-Chirchiq» AJ hududida sizib chiqayotgan ammiak kislotasi aholi yashash sektorlariga tarqalib, ularni zaharlamasligi uchun aholi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Mazkur hodisa hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va zararini kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davomida shartli ravishda tashkil qilingan.

Shuningdek, Qibray tumanida joylashgan bino shartli zilzila ta’sirida «vayron» qilinib, u yerda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish, ularni xavfsiz joyga ko‘chirish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, eng yaqin davolash muassalarga yetkazilishi kabi harakatlar amalda sinovdan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida old shassisi ochilmay, yong‘in chiqqan samolyotda qutqaruv ishlari olib borilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring