Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dafn marosimida marhum futbolchining uyiga o‘g‘ri tushdi

Dafn marosimida marhum futbolchining uyiga o‘g‘ri tushdi

Foto: «Twitter.com»

9-dekabr kuni 65 yoshida vafot etgan Paolo Rossining dafn marosimi paytida uyiga o‘g‘ri tushdi. Futbolchi Italiya terma jamoasi safida 1982-yilgi jahon chempioni g‘olibligi va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan, deb xabar berdi «Football Italia».

Noma’lum kimsalar futbolchining shaxsiy buyumlari, jumladan, qimmatbaho soatlarini o‘g‘irlab ketishgan. «Ansa»ning xabariga ko‘ra, Rossining rafiqasi dafn marosimidan qaytib kelgandan keyingina buyumlar yo‘qolganligini aniqlagan. Politsiya tergov harakatlarini olib bormoqda.

Rossining dafn marosimida minglab italiyaliklar ishtirok etishdi. Tobut avval Vishensadagi «Romeo Menti» stadionida bo‘lgan, keyin esa Duomo di Vichensa cherkoviga olib borilgan.

World Soccer talqiniga ko‘ra, italiyalik futbolchi XX asrning eng buyuk futbolchilari sirasiga kiradi. Rossi Italiya terma jamoasi safida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u «Yuventus», «Komo», «Vichensu», «Peruji», «Milan» va «Verona»da o‘ynagan. «Yuventus» tarkibida Rossi ikki marta Italiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Yevropa chempionlar kubogida g‘alaba qozongan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring