Davlat 40-50 «yoshli» avtomashinalarni iste’moldan chiqarishni rejalashtiryapti

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 40-50 yil bo‘lgan avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish taklifi ko‘rib chiqilyapti.
Bu haqda «Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov ma’lum qildi.
Qodirov yo‘llardagi tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi lozimligi haqida yozib, «qizilda o‘tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat» kabi yo‘l qoidabuzarliklari uchun ayovsiz jarimani taklif qilmoqda.
«Davlat xizmat avtolariga alohida e’tiborni ta’qiqlash ham kechikkan qaror. Tartib hammaga bir bo‘lish kerak.
40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish - juda to‘g‘ri taklif. Xatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo‘lishi kerak», – deydi deputat.
U, shuningdek, ichki ishlar tizimi xodimlarini tayyorlash bo‘yicha tashabbus o‘rinli va og‘riqli muammo ekanligini, bu sohada ishini yaxshi biladigan, o‘qigan, har tomonlama jamiyatga namuna bo‘ladigan qorako‘zlar ishlashi, kimlarningdir jiyan yoki hamqishloqlari ishlamasligi lozimligini ta’kidlaydi.
«Jamiyat formadagi xodimlar bilan faxrlanishi kerak», – deb yozgan Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ayrim turdagi yo‘l qoidabuzarliklari uchun jazo choralari ko‘chaytirilishi haqida xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter