Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat statistika qo‘mitasi: respublika aholisining 97,9 foizi shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega

Davlat statistika qo‘mitasi: respublika aholisining 97,9 foizi shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega

Foto: «Ayol.uz»

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi saytida aholi turmush darajasiga oid statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.

Unda keltirilishicha, 2017-yilning yanvar-dekabr holati ma’lumotlariga ko‘ra respublika aholisining 97,9 foizi shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega. Bu ko‘rsatkich qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi bo‘yicha 99,3 foizni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 93,7 va 95,4 foizni tashkil etgan edi.

Ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan holda yiliga jami 10 000 ta uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (intervyuerlar) tomonidan bevosita uy xo‘jaligi a’zolari bilan suhbatlashish orqali ma’lumotlar olinadi.

2017-yil yakunlariga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 50 donani tashkil etishi, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta’minlanganlik darajasi esa har yuzta uy xo‘jaligiga 44 taga yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring