Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surayyo Rahmonova Bolalar ombudsmani lavozimiga saylandi

Surayyo Rahmonova Bolalar ombudsmani lavozimiga saylandi

Parlament Quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga Surayyo Rahmonovani sayladilar va mazkur qaror Oliy Majlisning Senatiga yuborildi.

S.Rahmonova bundan avval Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, AOKAda bo‘lim boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Aliya Yunusova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «mavjud vaziyat» sabab o‘z istagi bilan ishdan ketayotganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring