Diyetolog ovqat miqdorini kamaytirmasdan ozish usuli haqida gapirdi
Avstraliyalik diyetolog Pola Norris ovqat miqdorini kamaytirmasdan ozish yo‘llari haqida gapirdi. Buning uchun ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini kaloriyasi kamroqlariga almashtirish kerak, deb yozadi «Daily Mail».
Mutaxassisning fikricha, turli qo‘shimchalar aralashtirilmagan oddiy yogurt smetana o‘rnini bosishi mumkin. Foydasi aniq: 50 gramm yogurt tarkibida atigi 30 kilokaloriya, ya’ni shuncha miqdordagi smetanadan 5,6 baravar kam.
Norris salatlardagi mayonezdan ham saqlanishni tavsiya etadi. Buning o‘rniga ikki osh qoshiq yogurt, bir osh qoshiq Dijon xantali, bir osh qoshiq limon sharbati, shuningdek, tuz va qalampir qorishmasidan foydalanish mumkin. Ikki yarim osh qoshiq mayonezning kaloriyasi 206 kilokaloriyani tashkil etadi. Bu qorishma esa atigi 25 kilokaloriyadir.
Diyetolog, shuningdek, chedder pishlog‘i o‘rniga parmezan iste’mol qilishni taklif etadi. Parmezan kuchliroq ta’mga ega bo‘lganligi uchun uni ikki baravar kamaytirish mumkin. 40 gramm chedderni 20 gramm Parmezanga almashtirish 45 kilokaloriya tejaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter