Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar kursi 9400 so‘mdan oshib ketdi

Dollar kursi 9400 so‘mdan oshib ketdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 17-sentyabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan +15,67 so‘mga oshib, 9 411,30 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi esa +60,57 so‘mga qimmatladi va bir yevro 10 421,13 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring