Dollar kursi o‘sishdan to‘xtamayapti

O‘zbekiston Markaziy banki 23-oktyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi bir necha haftadirki o‘sishdan to‘xtamayapti. Kurs o‘tgan haftaga nisbatan yana qimmatladi: +18.06 so‘mga oshib, 1 AQSh dollari qiymati 8226.10 so‘mga yetdi.
Yevro kursi esa ushbu haftada -19.43 so‘mga tushdi va 9470.71 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli o‘tgan haftaga nisbatan +1.91 so‘mga qimmatlab, 125.76 so‘m etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter