Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarga nisbatan eng ko‘p mustahkamlangan valyuta ma’lum bo‘ldi

Dollarga nisbatan eng ko‘p mustahkamlangan valyuta ma’lum bo‘ldi

Pokiston rupiysi keskin qadrsizlanishdan keyin tiklandi va 2023-yil sentyabrida mustahkamlanish bo‘yicha jahon valyutalari orasida yetakchiga aylandi. Bu haqda CNBC telekanali xabar bermoqda.

Sentyabr oyi boshida bir dollar uchun 307 rupiy taklif qilinib, valyuta rekord darajada qadrsizlangandi. O‘shandan beri valyuta kursi 8 foizdan ko‘proq mustahkamlanib, bir dollar uchun 275 rupiyga yetdi. Bu rasmiylar tomonidan noqonuniy dollar savdosiga qarshi ko‘rilgan qattiq choralar tufayli sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda hujjatsiz valyuta muomalasi bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi katta reydlar o‘tkazilgan.

Pokiston hukumati eksportni rag‘batlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga e’tibor qaratishi kerak, deydi pokistonlik qimmatli qog‘ozlar brokerining tadqiqot bo‘limi rahbari Tohir Abbos. Bu rupiyga talabni oshiradi va uning kursini yanada mustahkamlaydi.

Jon Xopkins universitetining amaliy iqtisod professori Stiv Xanke rupiyga geosiyosiy va ichki omillar ta’sir qilganini ta’kidlaydi. Biroq, uning mustahkamlanishi Pokistonda yillik hisobda 31,4 foizga yetgan inflyasiyani ushlab turishga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring