Dollarning rasmiy kursi tushdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 5-martidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra AQSh dollari kursi -10.23 so‘mga arzonladi va bir dollar narxi 8392.96 so‘m bo‘ldi.
Yevro esa +16.09 so‘mga oshdi va 9546.15 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli biroz tushib (-1.29), 127.32 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter