Donald Trampning prezidentlik saylovlaridagi raqibi rasman ma’lum bo‘ldi

AQShning sobiq vitse-prezidenti, 77 yoshli (Donald Trampdan to‘rt yosh katta) Jo Bayden noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida rasman Demokratlar partiyasining nomzodiga aylandi.
Jo Bayden uchinchi marotaba AQSh prezidenti bo‘lishga urinib ko‘radi.
Baydenning saylovoldi dasturida yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashish, ishsizlik muammolarini hal etish, irqchilikka qarshi kurashish bosh mavzularga aylanadi, deyishmoqda ekspertlar.
Praymeriz yakunlariga ko‘ra partiyaning 1990 nafar deputati ovozini olgan Bayden rasmiy nomzodga aylandi.
Ma’lumot uchun: Jo Bayden prezident Barak Obama davrida vitse-prezident bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter