Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bo‘lib o‘tgan sessiyada Darvishev Shavkat Turayevich tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ungacha Darvishev Shavkat Turayevich viloyat Moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Do‘stlik tumani sobiq hokimi U. Uzoqov Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter