Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX 2,5 mln AQSh dollari talab qilgan shaxsni ushladi

DXX 2,5 mln AQSh dollari talab qilgan shaxsni ushladi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2021 yilda Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan mahalliy qurilish firmaga investitsiya kiritish dasturi asosida ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring