Dzyudo: o‘zbekistonlik sportchilar «Katta dubulg‘a» turnirini 5 ta medal bilan yakunlashdi (foto)

O‘zbekistonlik dzyudochilar Dushanbeda o‘tgan «Katta dubulg‘a» turnirini 5 ta medal bilan yakunlashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Sportchilarimiz musobaqada 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida +100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda O‘tkirbek To‘raboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sovrindorlarimiz:
Kumush medal:
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
Bronza medal:
-66 kg: Artyom Shturbabin;
-73 kg: Hojiakbar Toshev;
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev;
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida -90 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Umar Bozorov oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakunlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter