Elektrdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi
Avval xabar berganimizdek, Qonun (O‘RQ–1121-son, 11.03.2026-y.) bilan Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
Unga ko‘ra, kunning yorug‘ qismida zarurat bo‘lmagan holatlarda ham elektr yoki isitish moslamalaridan foydalanish BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar ushbu holat bir yil ichida takror kuzatilsa, 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Avval bunday qonunbuzilishlari faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, hozirda FVV va IIB xodimlari tomonidan ham chora ko‘riladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter