Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron sigaretaning xavfi nimada?

Elektron sigaretaning xavfi nimada?

Foto: «Zen.yandex.ru»

Veyplarning halokatli ta’siridan shifokorlar qattiq xavotirda, deb yozadi «Rambler».

Psixiatr-narkolog Vitaliy Xoldinning ta’kidlashicha, elektron jihozdagi qiziydigan suyuqlik tarkibida juda ko‘p miqdorda toksik moddalar bo‘lib, ularning har biri odam salomatliga turlicha xavf soladi. Masalan, formaldegid saratonni chaqirsa, qo‘rg‘oshin nerv va yurak-qon tomir tizimi holatini yomonlashtiradi.

Shifokor, shuningdek, elektron jihozlardan foydalanish oddiy sigerataga o‘rganib qolishga xizmat qilishini alohida qayd etib o‘tdi.

— Xilma-xil matohlar nikotin iste’mol qilishning muqobili sanaladi. Ularning yorqinligi va jim-jimadorligi xaridorlarni o‘ziga jalb etib, ta’tib ko‘rishga undaydi, — deydi u.

Pirovard natijada odamlar veyplardan foydalana boshlashadi. Keyin esa o‘rganib qolib, oddiy sigaretalarga o‘tishadi, deb hisoblaydi Xoldin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring