Yengil atletikachilarimiz yana ikkita medalli bo‘lishdi

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yengil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Yakuniga yetgan kun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal:
- Anastasiya Silchenkova (3 000 metr)
Kumush medal:
- Shodiyona Rahmonova (400 metrga to‘siqlar osha).
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter