Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerda yotgan mast fuqaroni videoga olib, uni koronavirusga chalingan, deya ommaga tarqatgan fuqaro jazoga tortildi

Yerda yotgan mast fuqaroni videoga olib, uni koronavirusga chalingan, deya ommaga tarqatgan fuqaro jazoga tortildi

Foto: videolavhadan skrinshot

Aholi o‘rtasida qo‘rquv va vahimaga sabab bo‘ladigan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan fuqaro jazoga tortildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 15-mart kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida yashovchi T.Mahmud (1986-y.t.) shaharning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida mast fuqaronining yerda yotgan holatini video tasvirga tushurib, uni go‘yoki «koronavirus» infeksiyasiga chalingan odam deb, internet tarmog‘i orqali ommaga tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruvda ma’lumot tasdiqlanmagani bois T.Mahmudga nisbatan MJtKning (Ma’muriy javbgarlik to‘g‘risidagi kodeks) 462-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ochildi.

Xiva shahar ma’muriy sudi esa uni 1 115 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring