Eritreyada COVID-19dan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Eritreyada pandemiya davrida COVID-19dan birinchi o‘lim holati qayd etildi, deya xabar berdi mamlakat axborot vazirligi.
Vazirlik xabarida mamlakatda COVID-19dan bitta o‘lim holati ma’lum qilingan. Bungacha rasmiylar o‘lim holati haqida xabar berishmagandi. Hozircha boshqa tafsilotlar aytilmayapti.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Eritreyada jami 877 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bo‘lib, 599 kishi tuzalgan.
Sinxua agentligining mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib yozishicha, koronavirus tufayli 50 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumgan. Qayd etilishicha, u mahalliy shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter