Eron dollardan voz kechdi

Eron hukumati xalqaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechib, yevroga o‘tishga qaror qildi. Ushbu qaror 18 aprel kuni Vazirlar mahkamasidagi majlisda qabul qilindi. Bu haqda Eron prezidenti matbuot xizmatiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.
«Ushbu qarordan kelib chiqib, Eronning barcha vazirliklari, davlat tashkilotlari va kompaniyalari o‘z hisobotlari, shuningdek, axboriy va moliyaviy ma’lumotlarida dollar o‘rniga yevrodan foydalanishlari zarur», deyiladi xabarda.
Ayni damda Eron Markaziy bankiga riyolning yevroga nisbatan kursini o‘rnatish vazifasi yuklangan. Hukumat shu tariqa valyuta almashish kursini nazorat qilish va bir muncha arzonlashgan riyol qadrini ko‘tarishga urinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter