Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron kovidga qarshi ikkinchi vaksinasini ham taqdim etdi

Eron kovidga qarshi ikkinchi vaksinasini ham taqdim etdi

Foto: EPA/UPG

Eron hukumati koronavirusga qarshi «Razi Cov Pars» vaksinasi loyihasini taqdim etdi. Vaksina klinik sinovlari tez kunlarda boshlanadi. Bu haqda Eron vaksinalar bo‘yicha milliy qo‘mitasi xabar berdi.

«Vaksinani tez kunlarda, uzog‘i bilan bir haftada, odamlarda sinashga kirishamiz», — dedi ushbu qo‘mita a’zosi Mas’ud Sulaymoniy.

«Razi Cov Pars» vaksinasi «Razi» vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan. Foto: AFP

Klinik sinovlarning ilk bosqichiga 18 yoshdan 55 yoshgacha 13 nafar ko‘ngilli jalb etilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Eron koronavirusga qarshi ilk vaksinasi klinik sinovlarini 2020-yil dekabrida boshlagandi.

Eron SSV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 58 500 nafardan oshdi. Ayni paytga kelib, fors mamlakatida koronavirus qayd etilganlar soni 1,4 million nafardan ziyodni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring