Eron: allaqachon vafot etgan ayol o‘limga hukm qilingani aytilmoqda

Eronda o‘limga hukm qilingan ayolning advokati mijozi qatldan avval o‘lganini iddao qilib «Facebook»da post qoldirdi (keyinchalik post o‘chirib tashlangan). Bu haqda «Iran HRM» yozdi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Zahro Ismailining o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomada o‘lim sababi sifatida «yurak to‘xtashi» ko‘rsatilgan.
«Zahroning yuragi hukmdan avval to‘xtagan. Ular uning jonsiz tanasini osib qo‘yishdi xolos»,- deb yozgan advokat Moradi.
Omid Moradining so‘zlariga ko‘ra, ikki farzandning onasi bo‘lgan marhum razvedka vazirligining katta agenti bo‘lgan erini o‘ldirishda aybdor deb topilgan.
Inson huquqlari himoya qiluvchi tashkilotlarning fikricha, Zahra Ismaili oiladagi zo‘ravonlik qurboniga aylanganini va o‘zini himoya qilish uchun erini o‘ldirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter