Eronda noxush rekord qayd etildi

Bir kecha-kunduzda Eronda COVID-19ga chalinganlar soni 3 820 kishiga ko‘paydi. Bu pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sima Sadat Lariga tayanib «Argumenti.ru» xabar berdi.
Eron sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kungacha 22-sentyabrda 3 712 kishining koronavirusni yuqtirib olishi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblangan. Pandemiya boshlangandan beri 461 044 nafar fuqaro kovidga chalindi.
Sima Sadat Larining aytishicha, o‘tgan kecha-kunduzda Eronda 211 nafar bemor koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Umumiy vafot etganlar soni 26 380 kishini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter