Erondagi kuchli portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Eronning shimoliy-g‘arbidagi Mashhad shahrida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.
Mashhad Tibbiyot universiteti mutasaddisi Shahram Tohirzodaning «Tesnim» axborot agentligiga ma’lum qilishicha, bugun erta tongda Pursina ko‘chasida portlash sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida 3 ta bino butunlay cho‘kib ketgan, 10 kishi halok bo‘lgan. Besh kishi jiddiy tan jarohati olgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan. Eron davlat televideniyesiga intervyu bergan Mashhad shahar o‘t o‘chiruvchilar tashkiloti direktori o‘rinbosari Mahdiy Rizoiyning aytishicha, portlashga suv isitish tizimidagi nosozliklar sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter