Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. Jami bemorlar soni 55 mingdan oshdi

Yetti hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. Jami bemorlar soni 55 mingdan oshdi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 27-sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55132 (+179) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

97 nafari Toshkent shahrida,
27 nafari Namangan viloyatida,
17 nafari Samarqand viloyatida,
12 nafari Surxondaryo viloyatida,
12 nafari Farg‘ona viloyatida,
7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 51458 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3218 nafar koronavirus aniqlangan bemor bor. Ulardan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring